O‘zbekiston va BAA investitsiyaviy kun tartibini kengaytirib, yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirib, qo‘shma loyihalar uchun yangi yo‘nalishlarni shakllantirmoqda. 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Investopia Bridge 2026 xalqaro forumida hamda «BAA - O‘zbekiston: kapitalni imkoniyatlar bilan bog‘lash» biznes davra suhbatida ishtirok etdi.
Muloqot markazida iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish va yangi loyihalarni ishga tushirish istiqbollari bo‘ldi. Ustuvor yo‘nalishlar qatoridan energetika, raqamli infratuzilma va telekommunikatsiyalar, sun’iy intellekt, moliya sektori, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, transport va logistika, shuningdek, development yo‘nalishi o‘rin oldi.
Muhokamalarda BAAning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari, jumladan, Ghitha Holding, e&, Rotana Hotel Management Corporation, Mashreq Bank, Masdar, AMEA Power, Modon va Etihad Development Company vakillari qatnashdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonning istiqbolli loyihalari, xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari, infratuzilmaviy va texnologik tashabbuslar taqdim etildi. O‘zaro savdoni kengaytirish uchun logistika va samarali kanallarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Ishchi tashrif doirasida Laziz Qudratov BAA iqtisodiyot va turizm vaziri Abdulla bin Tovq Al Marrī, investitsiyalar vaziri Muhammad Hasan Al Suvaydiy, tashqi savdo vaziri Tani bin Ahmad Al Zeyudiy, shuningdek, BAAning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarning alohida qismi hamkorlikning institutsional mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlandi. Tomonlar Hukumatlararo komissiya va Biznes kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda ularning faoliyatini aniq tashabbuslarni tayyorlashga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat tuzilmalari, investitsiya fondlari va ikki mamlakat biznesi ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

Powered by Froala Editor