O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri boshlandi
Siyosat
15-yanvar kuni Abu-Dabi shahridagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

Prezident Mirziyoyev, Muhammad bin Zoid nomidagi universitet bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirishni taklif etdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini, shu jumladan, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda yanada rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston va Amirliklar xalqlarini mushtarak tarixiy ildizlar, o‘xshash an’ana va qadriyatlar, muqaddas islom dini chambarchas bog‘lab turgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisining BAAga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochayotgani - ular strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilayotgani qayd etildi.
So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni bir necha barobar oshgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paydi, vizasiz tartib joriy qilindi.
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan sun’iy intellekt, raqamlashtirish, "yashil" energetika, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yo‘nalishni belgilab oldilar. Har bir ustuvor soha bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tashkil etishga kelishildi.
Tomonlar 2025-2027-yillarni "O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri" deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
Shu ma’noda, 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshirish va investitsiya portfelini 50 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Muzokaralar davomida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Yetakchilar xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Powered by Froala Editor