O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash rekord darajaga yetdi - $1,13 mlrd
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanmoqda. So‘nggi yetti yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi besh barobar, respublikadagi fransuz kompaniyalari soni esa qariyb to‘rt barobar oshdi.
Toshkentda biznes-forum bo‘lib o‘tib, unda Airbus, Alstom, Veolia, Total Energies va Societe Generale kabi 50 dan ortiq yirik fransuz kompaniyalari hamkorlik ni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Energetika, tog‘-kon, transport, suv ta’minoti va turizm sohalaridagi loyihalar diqqat markazida bo‘ldi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni qayd etib, ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanib borayotganini ta’kidladilar. Mamlakatda Fransiya kapitali ishtirokida qurilish, qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan 50 ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Forum yangi investitsiyaviy tashabbuslar maydoniga ham aylandi. B2B va B2G uchrashuvlari doirasida tomonlar aniq loyihalarni muhokama qildilar va ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Powered by Froala Editor