O‘zbekiston va Fransiyaning energetika loyihalari portfeli $4 mlrddan oshdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi energetik sheriklik yangi ko‘lamga chiqmoqda: amaldagi va istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli $4 mlrddan oshdi, tomonlar esa yangi investitsiyaviy va texnologik tashabbuslarni ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston–Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Klod Imoven va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Valid Fuk bilan uchrashdi.
Tomonlar oliy darajadagi muloqotlar strategik sheriklikka yangi sur’at bag‘ishlab, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaganini ta’kidladi. Bugungi kunda Fransiya kompaniyalari ishtirokida $2 mlrdlik uchta yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda. Yana oltita istiqbolli tashabbusning umumiy qiymati $1,8 mlrdga baholanmoqda.
EDF bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 3,1 GVtdan ortiq zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyalari loyihalari amalga oshirilmoqda. TotalEnergies va Voltalia quyosh va shamol energetikasi hamda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishda ishtirok etmoqda.
Muzokaralarda yangi generatsiya quvvatlari va magistral elektr tarmoqlarini qurish, gaz transporti infratuzilmasini rivojlantirish, energiya samaradorligi, raqamlashtirish, muhandislik va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energetika sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor