O‘zbekiston va Germaniya 2026–2027-yillarda sakkizta loyihani moliyalashtirishga kelishdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Germaniya 2026–2027-yillarda Germaniya tomoni tomonidan sakkizta loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tegishli kelishuv 7-oktabr kuni Toshkentda moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar davomida amalga oshirildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev, Germaniya delegatsiyasiga esa Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligining Markaziy Osiyo, Pokiston va Afg‘oniston masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Kristiane Amari rahbarlik qildi.
Muzokaralarda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar “yashil” iqtisodiyot, kasbiy ta’lim, texnik tartibga solish, energetika, davlat boshqaruvi va ijtimoiy himoya sohalaridagi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.
Moliyaviy va texnik hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari muhokamalarning asosiy qismiga aylandi. Muzokaralar yakunida 2026–2027-yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan sakkizta loyihani Germaniya tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar rivojlanish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, moliyaviy va texnik ko‘mak asosida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar yo‘nalishlarini belgiladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida rivojlanish maqsadlaridagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar Protokoli imzolandi.
Mazkur hujjat 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar natijalarini, jumladan, sakkizta loyihani moliyalashtirish haqidagi kelishuvni mustahkamladi.
Shu tariqa tomonlar energetika, kasbiy kadrlar tayyorlash, davlat boshqaruvi, ijtimoiy himoya va iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirish uchun asosiy kelishuvlarni rasmiylashtirdi.

Powered by Froala Editor