O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Iordaniya siyosiy muloqotni faollashtirish, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish orqali ikki tomonlama sheriklikka yangi sur’at bag‘ishlashni maqsad qilgan. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
6-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriantlar masalalari vaziri Ayman Safadiy bilan uchrashdi.
Tomonlar o‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, bo‘lajak tashrif va tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Siyosiy hamkorlikni va ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Savdo, investitsiyalar, transport-logistika, turizm, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Amman — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi va Ishbilarmonlar kengashi faoliyati iqtisodiy hamkorlikka qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa ko‘p tomonlama maydonlar doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Iordaniyani Yaqin Sharqdagi muhim va ishonchli hamkor sifatida ko‘rishini hamda ikki tomonlama aloqalarni izchil kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor