O‘zbekiston va Iroq Kurdistoni ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirmoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Iroq Kurdistoni savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘zbekiston–Iroq Kurdistoni iqtisodiy forumi eksportni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasida bevosita aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.

O‘zbekiston va Iroq Kurdistoni ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Iroq Kurdistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi va O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan forumda Erbil, Sulaymoniya, Duhok, Halabja va Kirkuk savdo-sanoat palatalari rahbarlari hamda 400 dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi.

Forum doirasida BMB HOLDING Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori Bobir Yahyayev Iroq Kurdistonining yetakchi kompaniyalari va biznes tashkilotlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda agro sanoat, oziq-ovqat ishlab chiqarish va eksporti, xalqaro savdo hamda qo‘shma investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari taqdim etildi.

Tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Iroq Kurdistoni bozoriga yetkazib berish, distribyutorlik tarmoqlarini yaratish, konsalting xizmatlari, xorijiy bozorlarga chiqishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek turizm va HORECA yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish hamda BMB HOLDINGning eksport va xalqaro xizmatlar bozoridagi ishtirokini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing