O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom ishlab chiqarishni boshlaydi

O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida parom ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha ikki davlatning Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab transport tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom ishlab chiqarishni boshlaydi
Paromlar O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi va loyihani moliyalashtirish hajmi 150 million dollarni tashkil etadi. Shuningdek, tomonlar transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ombor infratuzilmasini birgalikda shakllantirish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda.

Avgust oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan loyihalar tasdiqlandi. Keyingi kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari vakillari 520 million dollarlik qo‘shimcha loyihalarni kelishib oldilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Boku portidagi ombor infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha qiziqish bildirmoqda, bu port orqali 2022 yilda yuk tashish hajmi 65 foizga oshib, 904 ming tonnaga yetgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing