O‘zbekiston va Palau o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
O'zbekiston
Nyu-Yorkda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
«Bu muhim qadam nafaqat o‘zaro intilishlarimizni ifodalaydi, balki istiqbolli hamkorlik uchun yo‘l ochadi. Biz yangi loyihalarni amalga oshirish va O‘zbekiston hamda Palau o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz», — dedi Saidov.
Palau O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 165-davlat bo‘ldi.
Palau O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 165-davlat bo‘ldi.
Powered by Froala Editor