O‘zbekiston va Petronas energetika sohasida keng ko‘lamli loyihalarni tayyorlamoqda

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziyaning Petronas korporatsiyasi rahbariyati bilan neft-gaz, neft-kimyo va muqobil energetika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuv kompaniyaning Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Petronas energetika sohasida keng ko‘lamli loyihalarni tayyorlamoqda
Malayziyaga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Anvar Ibrohim "Petronas" kompaniyasining "Twin Towers" minoralaridagi bosh qarorgohiga tashrif buyurib, korporatsiya rahbari Muhammad Tavfiq bilan muzokaralar o‘tkazdi. Xomashyoni chuqur qayta ishlash, "yashil" energetikani rivojlantirish va yangi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish borasidagi qo‘shma loyihalar rejalari muhokama qilindi.

Tomonlar geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, Petronas universitetida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar. Davlatimiz rahbari bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, energetika sohasida jahon yetakchilaridan biri bilan sheriklik muhim ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing