O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklikni mustahkamlamoqda
Siyosat
O‘zbekiston va Pokiston iqtisodiy, savdo va transport aloqalarini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Ikki mamlakat yetakchilari strategik tashabbuslarni, tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish, Transafg‘on temir yo‘lini rivojlantirish, biznes va madaniyat sohalaridagi yangi loyihalarni muhokama qildilar.
O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklikni mustahkamlab, savdo-iqtisodiy va transport hamkorligini kengaytirmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning Toshkentdagi muzokaralarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish, "O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston" multimodal yo‘lagini rivojlantirish, Transafg‘on temir yo‘lini qurish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
2024 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro savdo hajmi 400 million dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni 130 taga yetdi. Uni yanada rivojlantirish maqsadida savdo tartib-taomillarini o‘zaro soddalashtirish, import va eksport uchun to‘siqlarni kamaytirish, qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga qaror qilindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi: mamlakatlarimiz o‘zaro Madaniyat haftaliklari, turizm taqdimotlari va birinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib oldilar. Shuningdek, tomonlar xavfsizlik masalalarini muhokama qilib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni kelishib oldi.
Bundan tashqari, Strategik sheriklik oliy kengashini ta’sis etish va uning birinchi yig‘ilishini 2026-yilda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor