O’zbekiston va Quvayt o’rtasida aviaqatnovlar bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan ICAOning ICAN-2024 tadbiri doirasida O‘zbekiston delegatsiya Quvayt bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O’zbekiston va Quvayt o‘rtasida aviaqatnovlarni muhokama qilish va shartlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligi direktori rahbarligidagi delegatsiyaning Quvayt aviatsiyasi hukumati rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralar natijasiga ko‘ra ikki mamlakat Transport vazirliklari hamda Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan yangi tahrirda ishlab chiqilgan, yangi shartlarni o‘z ichiga olgan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi yangi bitim tasdiqlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan aviaqatnovlar 1994-yilda imzolangan bitim asosida hamda har biri tomondan faqatgina bittadan aviakompaniyaga parvozlarni amalga oshirish huquqi berilgan. So‘nggi yillarda har ikki mamlakat hududida yangi aviakompaniyalar tashkil etilganligini inobatga olgan holda xususiy aviakompaniyalarning yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, aviatsiya bozorini to‘liq liberallashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ushbu uchrashuv tashkil etildi.

Powered by Froala Editor