O‘zbekiston va Tojikiston iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
Dushanbeda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon uchrashib, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Tomonlar o‘zaro savdo hajmi va investitsion hamkorlik ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotganini ta’kidladi. Emomali Rahmon sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent va Dushanbe bu yo‘nalishda almashinuvlarni faollashtirishdan manfaatdor.

Powered by Froala Editor