O‘zbekiston va Tojikiston Xitoyga yangi yo‘l ochmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Tojikiston Xitoy bilan bog‘lovchi yangi multimodal transport yo‘lagining pilot loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida to‘liq yuklangan o‘nta yuk mashinasi O‘zbekistondan Tojikiston orqali Xitoyga yo‘l oladi.
Kelishuvlar ikki davlat transport vazirlari — Ilhom Mahkamov va Azim Ibrohim o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishildi. Tomonlar, shuningdek, Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha muntazam tashuvlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Loyihaning muhim jihatlaridan biri xalqaro yuk tashish ruxsatnomalarini elektron shaklga o‘tkazish bo‘lib, bu jarayonlarni soddalashtirish va vaqtni qisqartirishga xizmat qiladi.
Mazkur transport yo‘lagi ilk bor 2022 yilda Dushanbeda logistika rivoji bo‘yicha xalqaro konferensiyada taqdim etilgan edi.
Shuningdek, Jartepa – Sarazm chegara o‘tish punktining o‘tkazuvchanligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi. Chegara yaqinida kuniga 100 tagacha yuk mashinasiga xizmat ko‘rsatadigan logistika markazi qurilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, kuniga 150–200 kishini qabul qila oladigan diagnostika markazi va 800 nafar tadbirkor uchun savdo majmuasi barpo etiladi. Tojikiston fuqarolari ushbu hududda pasport nazoratisiz tibbiy va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Powered by Froala Editor