O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqa kelajagini muhokama qildilar

O'zbekiston

Turkmanboshi shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston millat yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda BMTning dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqa kelajagini muhokama qildilar
Samarqandda erishilgan kelishuvlarning faol amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Joriy yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi 600 million dollarga yetgan. "Shovot-Dashoguz" chegara savdo zonasi loyihasi, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu kuzda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing