O‘zbekiston va Xitoy transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy xalqaro tashuvlar, fuqaro aviatsiyasi va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishdi. Transport vazirlari Ilhom Mahkamov va Liu Vey aviaqatnovlar hamda avtomobil orqali yuk tashish hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar milliy tashuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va transport-logistika aloqalari samaradorligini oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Shuningdek, ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini ko‘paytirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yo‘lovchi va yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Protokolni imzoladi. Hujjat ikki mamlakat tashuvchilarining imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud yo‘nalishlardan samarali foydalanish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan.
Tomonlar Xitoyni Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa hududlar bilan bog‘lovchi xalqaro transport koridorlarini rivojlantirishda hamkorlik muhimligini qayd etdi.

Powered by Froala Editor