O‘zbekiston va Yaponiya “aqlli shaharlar”ni yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Texnologiya
O‘zbekiston va Yaponiya innovatsiyalar hamda shahar infratuzilmasi sohasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar shahar muhitini samarali boshqarishga yordam beradigan “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish masalasini muhokama qilmoqda.
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga janob Kazuya Yamaguchi boshchilik qildi.
Uchrashuv O‘zbekiston-Yaponiya forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin bo‘lgan “aqlli shahar” tizimlari loyihalarini yapon tomoniga taqdim etishga kelishib oldi. Ushbu loyihalar shakllantirilib, keyinchalik o‘rganish va baholash uchun yapon mutaxassislariga taqdim etiladi.
Muzokaralar davomida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik natijalari ham tahlil qilindi, shuningdek kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Yaponiya vakillari shahar infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni, jumladan raqamli monitoring tizimlari, intellektual transport yechimlari va shahar muhitini zamonaviy boshqarish usullarini taqdim etdi.
Bunday texnologiyalarni joriy etish shahar boshqaruvi samaradorligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor