O‘zbekiston va Yaponiya madaniy almashinuvning 20 yilligini Toshkentdagi musiqa festivali bilan nishonlaydi
O'zbekiston
Yaponiya-O‘zbekiston musiqa festivali 10 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Yaponiya-O‘zbekiston “Ipak yo‘li” jamg‘armasining xalqaro almashinuv faoliyatiga 20 yil to‘lishiga bag‘ishlangan dasturga start beradi.
Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Uning mavzusi musiqa orqali Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni anglashdan iborat.
Sahnada yaponiyalik xonanda va bastakor Tokiko Kato, anime saundtreklari muallifi sifatida tanilgan pianinochi Yoko Kanno, “Tumor” davlat raqs ansambli, Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov chiqish qiladi.
Dastur orkestr asarlari va Tokiko Katoning to‘qqizta qo‘shig‘ini o‘z ichiga oladi. Ular orasida “Million alix roz”, Ghibli studiyasining “Porco Rosso” animatsion filmi yakuniy mavzusi bo‘lgan “Ba’zan o‘tmishni eslaymiz” hamda Edit Piafning “Sevgi madhiyasi” bor. Shuningdek, Xokkaydodagi Higashikava shahriga bag‘ishlangan “Higashikava qo‘shig‘i” ijro etiladi.
Kechani Jenisbek Piyazovning “Ipak yo‘li xalqlarini birlashtiruvchi ovozlar” asari yakunlaydi. U Tokiko Kato bilan duetda “Sardana” qo‘shig‘ini ham ijro etadi. Piyazov festivaldagi chiqishi uchun yapon tilini o‘rganmoqda.
Tokiko Kato O‘zbekistonda ikkinchi bor chiqish qiladi. U 2003-yilda BMT Atrof-muhit dasturining Yaxshi niyat elchisi sifatida O‘zbekistonga kelib, orkestr bilan konsert bergan.
“Biz, yaponlar uchun Ipak yo‘li bilan aloqamiz chuqur va bebaho ahamiyatga ega. Qo‘shiqlar, musiqa asboblari, raqslar va kiyimlar aynan shu yo‘l orqali uzoq Yaponiyaga yetib kelgan”, — dedi xonanda.
“Ipak yo‘li” jamg‘armasi direktori Yositsugu Minagava esa “ushbu musiqa festivali Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi madaniy hamkorlik uchun mustahkam ko‘prik bo‘lishiga chin dildan umid qilamiz”, deya ta’kidladi.
Festivalda biznes, hududiy hokimiyat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat 30 kishilik Yaponiya delegatsiyasi ishtirok etadi. Mehmonlar orasida Higashikava meri Shin Kikuchi hamda Yaponiya moliya, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirliklarining sobiq vazir o‘rinbosarlari bor.
“Ipak yo‘li” jamg‘armasi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi almashinuv faoliyatini 2005-yildan buyon olib boradi, 2010-yildan esa jamg‘arma maqomida faoliyat yuritadi. Festival 10 oktabr kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor