O‘zbekiston va YeI hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

O'zbekiston

Bryusselda bo‘lib o‘tgan Global Gateway xalqaro forumi Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbirda Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi barqaror aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va YeI hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi
Ursula fon der Lyayen – Yevrokomissiya prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida siyosiy, iqtisodiy va raqamli rivojlanish sohalaridagi istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi. Mirziyoyeva, O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi sheriklik yangi imkoniyatlar eshigini ochayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Yevrokomissiya vitse-prezidenti, YI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bilan uchrashdi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratdilar.

Yevrokomissiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston–YI o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar barqaror rivojlanish va innovatsiyalar yo‘nalishidagi aniq loyihalarni ilgari surish zarurligini qayd etdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing