O'zbekiston vakili ShHT bosh kotibining o'rinbosari etib tayinlandi
Dunyo
Falsafa fanlari nomzodi Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o'rinbosari vazifasiga tayinlandi.
Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O'zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.
2005-yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, davlat rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o'rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2023-yildan O'zbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, ShHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil.
Falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.

Powered by Froala Editor