O‘zbekiston xalqaro suratga olish guruhi diqqat markazida

O'zbekiston

Buyuk Britaniyaning taniqli tarixchisi va teleboshlovchisi Bettani Hyuz O‘zbekiston haqida film suratga olmoqda. U butun dunyoga mashhur “Jahon xazinalari” turkumiga kiradi.

O‘zbekiston xalqaro suratga olish guruhi diqqat markazida
Buyuk Britaniyaning SandStone Global kompaniyasi O‘zbekiston haqida Treasures of Uzbekistan (O‘zbekiston xazinalari) nomli hujjatli filmni suratga olishni boshladi. Ushbu film mashhur “Treasures of the World” (Jahon xazinalari) serialining yangi qismi bo‘ladi. Loyiha muallifi va boshlovchisi — ingliz tarixchisi, yozuvchi va mashhur jurnalist Bettani Hyuz.

Kamera guruhi O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini aylanib, mahalliy aholi, olimlar va mutaxassislar bilan uchrashadi, mamlakatning madaniy merosini global tomoshabinlarga taqdim etadi. Loyiha Turizm qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

“Jahon xazinalari” dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq mamlakatda namoyish etiladi, 2023 yilda tomoshabinlar soni 3,9 milliard kishini tashkil etgan. Serial kuchli rejissura, yorqin tasvirlar va xalqaro matbuotdagi yoritilishi bilan mashhur.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing