O‘zbekiston–Xitoy: hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda

Siyosat

Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O’zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

O‘zbekiston–Xitoy: hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida O’zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Tszyansu, Tszyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari tashrif buyurdi.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing