O‘zbekiston Xitoyning vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini izchil davom ettirmoqda. Shu yo‘nalishdagi navbatdagi muhim qadam sifatida O‘zbekistonning Xitoydagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hamda Xitoyning yetakchi biotexnologik kompaniyalaridan biri — "Yunnan Watson Biotechnology Co., Ltd" (brend nomi bilan "Walvax") vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
"Walvax" Xitoyning vaksina ishlab chiqarishdagi gigant korxonalaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda asos solingan "Walvax" kompaniyasi innovatsion vaksinalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning umumiy aktivlari 2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, mahsulotlari dunyoning 21 davlatiga eksport qilinmoqda.
Mazkur uchrashuvda ikki tomon farmatsevtika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish masalalarini muhokama qildilar.
Xitoy tomoni ham mazkur yo‘nalishda chuqur qiziqish bildirdi va "Walvax" kompaniyasining delegatsiyasi 2025-yil 21–24-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Delegatsiya Toshkentda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv natijalari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi farmatsevtika sohasida strategik sheriklik uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, kelajakda zamonaviy vaksina va dori vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor