O‘zbekiston yana bir xalqaro reytingda yuqori o‘rinda

O'zbekiston

Coursera Enterprise tomonidan e’lon qilingan Global Skills Report 2024 — Coursera (global malaka hisoboti — 2024) da Onlayn malaka oshirayotgan ishchi kuchi (davlat xizmatchilari) foizi ko‘rsatkichlari bo‘yicha O’zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston yana bir xalqaro reytingda yuqori o‘rinda
"Mazkur jadvaldan 20 ta yirik davlat o‘rin olgan. Ro‘yxatdagi ushbu yetakchi mamlakatlar nafaqat o‘z iqtisodiyotini o‘sishini va raqobatbardoshligini ta’minlashga urg‘u bergan, balki, davlat xizmatchilariga o‘zgarishlar va yangilanishlar davriga moslashib, muvaffaqiyatga erishish uchun sharoit yaratgan", — deyiladi hisobotda.

Coursera — bu AQShning ommaviy ochiq onlayn kurslar taqdim etuvchi tuzilma hisoblanib, u 2012-yilda Stenford universitet professorlari Endryu Nyug va Dafno Koller tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda 300 dan ortiq xalqaro universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing