Frankfurtda Alisher Usmonovga qarshi boshlangan tergov to‘xtatildi
Dunyo
4-noyabr kuni prokuratura DW nashriga “Rossiya Federatsiyasidan kelgan 71 yoshli tadbirkorga nisbatan dastlabki tergov” yig‘im to‘lash evaziga ayblanuvchining roziligi bilan 2024-yil 11-oktabrda yakunlanganini ma’lum qildi.
Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi pul yuvishda gumon qilingan rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi. Usmonov 4 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgani ma’lum bo’ldi.
Alisher Usmonov 1,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni bir nechta notijorat tashkilotlarga o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, u Germaniya davlat g'aznasiga 2,5 million yevro o'tkazishga majbur bo'lgan. "Ushbu shart bajarilgandan so'ng, tergov butunlay to'xtatiladi", deya xabar berdi prokuratura.

Powered by Froala Editor