O‘zbekistonlik talabalar dunyoning eng yaxshi universitetlarini zabt etmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islohotlarning ilk kunlaridanoq "ilm - tarbiya - innovatsiya" zanjirini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar boshlangani, bugungi kunda bu sa’y-harakatlar o‘zining aniq samarasini berayotgani - o‘zbek yoshlari xalqaro ta’lim maydonida yuksak natijalarga erishayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik talabalar dunyoning eng yaxshi universitetlarini zabt etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda "Islohotlarning birinchi kunlaridanoq "ilm - tarbiya - innovatsiya" bog‘lovchi zanjirini shakllantirishga kirishildi va bugungi kunda bu ishlar o‘zining aniq natijalarini bermoqda," deb ta’kidladi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kiruvchi oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, mamlakat tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik talabalar dunyoning eng yaxshi 5 ta oliy o‘quv yurtiga qabul qilindi.

Ayni paytda 30 nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi dunyoning top-10 taligiga kiruvchi universitetlarda, 500 nafari top-100 talikka kiruvchi universitetlarda, 1500 nafar talaba esa dunyoning top-300 ta nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing