Prezident yoshlarga mukofotlarni topshirib, yangi tashabbuslarni ilgari suradi
O'zbekiston
Yoshlar kunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga davlat mukofotlarini topshiradi va mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni taqdim etadi.
Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir davomida Prezidentimiz bir guruh alohida o‘rnak ko‘rsatgan yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi.
Uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyati va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi tashabbuslar taqdim etiladi. Shuningdek, tadbir doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarning innovatsiyalar, "yashil" iqtisodiyot, kreativ industriya, tadbirkorlik va IT kabi sohalardagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Powered by Froala Editor