Ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichini 10:0 hisobida boshladi
Sport
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi Shri-Lanka terma jamoasini 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv Toshkentda "F" guruhining saralash turniri doirasida bo‘lib o‘tdi.
30 iyun kuni Toshkentda kelasi yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan "AFC Women’s Asian Cup Australia-2026" musobaqasining guruh bosqichiga start berildi. "F" guruhida O‘zbekiston terma jamoasi Nepal, Laos va Shri-Lanka jamoalari bilan kuch sinashmoqda.
Dastlabki turda o‘zbekistonlik futbolchilar Shri-Lankalik raqiblaridan ishonchli tarzda ustun kelishdi - uchrashuv 10:0 hisobida yakunlandi. Bu turning eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Yana bir uchrashuvda Nepal Laos ustidan 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Keyingi uchrashuvlar 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi: O‘zbekiston terma jamoasi Laos bilan, Nepal esa Shri-Lanka bilan o‘ynaydi. Turnir 5 iyul kuni yakunlanadi.
Guruh g‘olibi 1-21 mart kunlari Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi-2026 final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Powered by Froala Editor