O‘zbekiston yuksalishda: o‘zgarishlar raqamlarda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti ilk bor €123 mlrddan oshdi, eksport va investitsiyalar rekord darajaga yetdi, qashshoqlik esa tarixiy minimumga tushdi.
O‘zbekiston 2025 yilni mamlakat tarixidagi eng yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan yakunladi. YAIM hajmi €123 mlrddan oshdi, eksport 23 foizga ko‘paydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa qariyb €37 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqga murojaatida ma’lum qildi.
Prezident global iqtisodiy beqarorlikka qaramay, islohotlar barqaror o‘sishni ta’minlaganini ta’kidladi. Oltin-valyuta zaxiralari €51 mlrddan oshdi, xalqaro reyting agentliklari esa O‘zbekistonning kredit reytingini BB– darajasidan BB ga oshirdi.
Iqtisodiy o‘sish aholi farovonligiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 85 mlrd kVt·soatga yetdi, 135 mingta yangi xonadon foydalanishga topshirildi. Qashshoqlik darajasi 5,8 foizgacha kamaydi, 2025 yilda 1,5 mln kishi qashshoqlikdan chiqdi.
2026 yil Mahalla taraqqiyoti va jamiyat farovonligi yili deb e’lon qilinib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, raqamli davlat boshqaruvi, yashil rivojlanish va sud-huquq tizimi islohotlari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Powered by Froala Editor