O‘zbekistonda 2024-yil boshida 107,1 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi

Iqtisodiyot

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

O‘zbekistonda 2024-yil boshida 107,1 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi
Ulardan korxona va aholi mablagʻlari 25,8 trln soʻmni tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, 2024-yil 2–3-may kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. Global muloqot va investitsiya sohasida ilg'or tajriba almashish uchun platformaga aylangan keng ko'lamli tadbir doirasida umumiy qiymati 26,6 milliard dollar bo'lgan shartnomalar imzolandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing