O‘zbekistonda 6000 ga yaqin dori narxi pasaytiriladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2026 yilda dori vositalari narxini keng ko‘lamda pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yil davomida 6000 ga yaqin dori narxi qayta ko‘rib chiqiladi, ayrim preparatlar esa 40–60% ga arzonlashadi.
O‘zbekistonda 2026 yil davomida qariyb 6000 turdagi dori vositalari narxini pasaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov prezident huzuridagi taqdimotdan so‘ng ma’lum qildi.
25 dekabr kuni referent narxlar qayta ko‘rib chiqilib, dori vositalari o‘rtacha 40–60% ga arzonlashtirildi. Hozirda 2000 ta dori bo‘yicha ulgurji narxlar pasaytirilgan, 1 martdan boshlab esa xuddi shu miqdordagi dorilar aholi uchun ham arzonlashadi.
1 apreldan yana qariyb 4000 ta import dori narxini tushirish rejalashtirilgan. Natijada yil davomida jami 6000 ga yaqin preparat narxi qayta ko‘rib chiqiladi.
Ko‘rilgan choralar hisobiga mamlakat 70 mln dollar tejagan. Shu bilan birga, dorilarni ilgari yuqori narxlarda xarid qilgan distribyutorlar zarar ko‘rgan. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident 20 mln dollarga yaqin ortiqcha to‘lovlarni qaytarishni ma’qulladi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, narxlarni qayta ko‘rib chiqish jarayoni davom ettiriladi. Hozirda O‘zbekistonda 11 900 dan ortiq retsept bo‘yicha beriladigan dori, shundan 7600 tasi import hisoblanadi.
Referent narxlash tizimi 2020 yildan buyon amal qiladi. 2026 yilda referent davlatlar ro‘yxatiga Turkiya va Misr qo‘shildi. Avvalroq import dorilarning 65% faqat O‘zbekiston bozoriga yetkazilgani va bu holat narxlarning sun’iy oshishiga olib kelgani qayd etilgan.

Powered by Froala Editor