O‘zbekistonda aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda
Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish idoralari va tadbirkorlik subyektlai o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlarining bu borada to‘laqonli hamkorlik qilishlarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing