O‘zbekistonda avtomobil savdosi keskin kamaydi

O'zbekiston

2025-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda qariyb 446 ming dona yengil avtomobil sotilgan — bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 23% kam. Pasayishning asosiy sababi — ikkilamchi bozordagi faollikning susayishidir.

O‘zbekistonda avtomobil savdosi keskin kamaydi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Tadqiqot markazi) tahliliga ko‘ra, pasayish eng avvalo eski avtomobillar bozorida yuzaga kelgan. Shu bilan birga, iyun oyida bozor muvozanatga kelish belgilarini ko‘rsata boshladi: savdolar 3,1% ga oshib, 80 ming dona avtomobil sotildi.

Birlamchi bozor:
Iyun oyida 27,7 ming dona yangi avtomobil sotildi (+10,3%).

Shundan 23,7 mingtasi mahalliy ishlab chiqarilgan (+15,6%).

Import avtomobillari sotuvi esa 12,6% ga kamaydi — qariyb 4 ming dona.

Ikkilamchi bozor barqaror qoldi: 52 mingdan ortiq ishlatilgan avtomobillar, deyarli may oyi darajasida (−0,4%). Yillik taqqoslashda - hatto 1,3% ga kichik o‘sish

Elektromobillar bozori:
Iyun oyida 5100 dona elektromobil sotilgan (−1,7% ga kamaygan).

Yilning birinchi yarmida 28,8 ming elektromobil sotilgan, bu 2024-yilga nisbatan 62,6% ko‘p.

Eng faol savdolar Sirdaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi.

Umumiy pasayishga qaramay, O‘zbekiston avtomobil bozori elektromobillar va mahalliy avtomobillar hisobiga o‘sish potensialini saqlab qolmoqda. Mutaxassislar bozorni barqarorlashuv bosqichiga o‘tmoqda, deb baholamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing