O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi
O'zbekiston
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.
27-yanvar kuni “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga dorixona mudiri, farmatsevt (provizor) yoki uning assistenti shifokor retsepti asosida beradi. Ular maxsus pushti retsept blanka asosida taqdim etiladi.
Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan retsept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.
Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak.
Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari bo‘yicha berilgan retseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, bo‘limlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.

Powered by Froala Editor