O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlariga talab oshmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonning energetika, qurilish, suv xo‘jaligi va avtomobilsozlik tarmoqlarida elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ushbu tarmoqlarning rivoji va kelajak rejalariga alohida e’tibor qaratdi.
Energetika sohasida qiymati 36 milliard dollar bo‘lgan 27 gigavattli elektr energiya ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar mamlakatning energetika mustaqilligini oshirish va energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Suv xo‘jaligida esa yaqin uch yil ichida 4 150 ta suv hisoblagich o‘rnatish va 2026 yilgacha 243 ta gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Bu bilan suv va gaz resurslarini boshqarish samaradorligi oshishi kutilmoqda.
Qurilish sohasida har yili 100 mingta xonadonli ko‘p qavatli uy-joy va 13 million kvadrat metr noturar binolar barpo etilmoqda. Bu inshootlar uchun zarur bo‘lgan kabel, transformator, isitish va sovitish tizimlari, lift va kuzatuv vositalariga bo‘lgan talab katta. Shu bilan birga, avtomobilsozlikda har yili 200 million dollardan ortiq elektrotexnika mahsulotlari import qilinmoqda.
Prezident mutasaddilarni import mahsulotlariga qaramlikni kamaytirishga chaqirib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va arzon kreditlar tufayli, endi mahalliy mahsulotlar importni to‘ldira olishi lozim.

Powered by Froala Editor