O‘zbekistonda havo yuk tashish hajmi besh yilda 182 foizga oshdi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2019–2024-yillarda havo orqali yuk tashish hajmi 182 foizga oshib, mamlakat Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan havo yuk tashish bozorlaridan biriga aylandi. Bu haqda Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Nazarov Toshkentda o‘tkazilayotgan Central Asia Air Cargo III xalqaro sammitida ma’lum qildi.
2025-yilda mamlakat aeroportlarida 98 ming tonna yuk tashildi. 2026-yilning birinchi yarmida havo yuk tashish hajmi yana 33 foizga oshdi.
Ikki kunlik sammit aviakompaniyalar, aeroportlar va transport kompaniyalari vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar yuk tashish hajmini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya va Markaziy Osiyoning global havo yuk tashish tizimidagi rolini kuchaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Nazarovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning geografik joylashuvi, «ochiq osmon» siyosati va aviatsiya sohasidagi islohotlar mamlakatni mintaqaviy havo yuk tashish markaziga aylantirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Navoiy xalqaro aeroporti negizida yuk xabini rivojlantirish, yangi yuk terminallarini tashkil etish va xalqaro aviakompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Sammitda havo transporti logistikasi va biznes uchun yangi imkoniyatlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Tadbir aviakompaniyalar, aeroportlar, ekspeditorlar, logistika xizmatlari provayderlari va texnologik kompaniyalarni bir maydonga jamladi.
O‘zbekiston 2036-yilgacha havo yuk tashish hajmini 300 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro standartlarni joriy etish belgilangan.
«O‘zbekiston xalqaro havo yuk tashish bozori ishtirokchilari uchun ochiq va yangi imkoniyatlarni taklif etadi», — dedi Jamoliddin Nazarov.

Powered by Froala Editor