O’zbekistonda ilk bor Turkic Ski Cup musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Sport
Bugun, 18-fevral kuni, O‘zbekistonning mashhur tog‘-chang‘i kurorti Amirsoy Resort’da Turkic Ski Cup – 2025 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri turkiy davlatlardagi havaskorlar o‘rtasidagi birinchi chang‘i musobaqasi sifatida tarixga kirdi.
Tadbirida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev, TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvoxid Azimov, Turkiy chang'i kurortlar ittifoqi Bosh kotibi Orhan Badalov, shuningdek Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston mamlakatlaridagi Ulug'dag', Shahdag', Shymbulak tog'-chang'i kurortlari vakillari ishtirok etishdi.
Musobaqa uch bosqichda tashkil etilib, 18 yoshdan 25 yoshgacha, 26 yoshdan 45 yoshgacha va 45 yoshdan katta sportchilar o‘zaro bellashdilar. Turnirda 50 dan ortiq chang‘ichilar ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish qildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqa nafaqat sportchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirdi, balki turkiy xalqlar o‘rtasidagi birdamlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Shuningdek, bu musobaqa mintaqadagi turizmni rivojlantirishga, ayniqsa, O‘zbekistonning tog‘-chang‘i sayyohligi salohiyatini keng targ‘ib etishga katta hissa qo‘shdi.
Kelajakda bu musobaqani an’anaviy tarzda o‘tkazish va yanada kengroq miqyosda tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Turkic Ski Cup – 2025 nafaqat sport yutug‘i, balki turkiy davlatlarning hamkorligi va do‘stligining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor