O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 30,4 foizdan 14,1 foizga pasaydi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 16 ta maqsaddan 11 tasi bo‘yicha barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sishi qayd etilgan. 2023-yilda BMT tomonidan e’lon qilingan reytingida O‘zbekiston 8 pog‘onaga koʻtarilib, 166 ta mamlakat orasida 69-o‘rinni egallagan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishish borasida yaxshi natijalar qayd etilgan. Bu haqda UzA xabar berdi.
2023-yilda BMT tomonidan e’lon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining davlatlararo reytingida O‘zbekiston o‘z reytingini 8 pog‘onaga oshirib, 166 ta mamlakat orasida 69-o‘rinni (2022 yilda 77-o‘rin) egallagan.
SDG Index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 ta maqsaddan 11 tasi bo‘yicha barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sishi qayd etilgan. Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish (1-maqsad), oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish (2-maqsad), salomatlik va farovonlik (3-maqsad), gender tengligi (5-maqsad), sifatli ta’lim (4-maqsad), toza suv va sanitariya (6-maqsad) kabilardir.
MHTI bosh ilmiy xodimi Yulduz Abdug‘aniyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning 2023-yilgacha Barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasidagi birinchi (2022) va ikkinchi (2023) Ixtiyoriy milliy hisobotlari BMT tomonidan ijobiy baholangan.
“Bunda 1-maqsad – O‘zbekistonda kambag‘allikni sezilarli darajada qisqartirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar va ularning natijasini ko‘rib chiqamiz. Avvalo, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kambag‘allikka qarshi kurashishning zarur qonunchilik, institusional va iqtisodiy mexanizmlari shakllantirildi. Ushbu maqsad doirasida 2015-2022-yillarda milliy mezon bo‘yicha kambag‘allik darajasi 30,4 foizdan 14,1 foizga, ya’ni 2 marotaba pasaydi. Bu davrda ijtimoiy nafaqa oluvchi aholi qamrovi 0,8 foizdan 1,7 foizga oshdi.
Ayni chog‘da O‘zbekiston xalqaro kambag‘allik chegarasi bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishgan va bu ko‘rsatkich kuniga 2,15 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichning qiymati 19,74 foizdan taxminan 7,4 foizgacha qisqardi. Yoshga doir pensiya oluvchi aholi ulushi 7,2 foizdan 8,7 foizga oshdi. 2023 yilgi milliy hisobotga ko‘ra, ushbu davrda shinam uy-joylarda yashovchi aholi ulushi 43,1 foizdan 86,5 foizga ortgan”, dedi Abdug‘aniyeva.

Powered by Froala Editor