O‘zbekistonda “Kelajak muhandislari” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
O'zbekiston
Dilshoda Baxronova va Zulfiсar Mutalimova “Kelajak muhandislari” respublika tanlovining g‘oliblari qatoridan joy oldi. Yana bir ishtirokchi — Zilola Jalolova “Eng yaxshi ayol muhandis” maxsus nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar talabalar, amaliyotchi muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar toifalarida baholandi.
Dilshoda Baxronova talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi g‘oya” nominatsiyasida “Urinal Eco” loyihasi bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Zulfiсar Mutalimova esa “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishida ko‘p funksiyali innovatsion shtativ bilan ikkinchi o‘rinni oldi.
Zilola Jalolova “Eng yaxshi ayol muhandis” maxsus nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Uning loyihasi quyosh energiyasidan foydalanib, havodan ichimlik suvi olish imkonini beruvchi qurilmadan iborat. Andijon davlat texnika instituti vakili ham ushbu nominatsiya g‘olibi sifatida qayd etilgan.
Tanlovda robototexnika, sun’iy intellekt, suvni tozalash va quyosh energetikasiga oid ishlanmalar ham namoyish etildi. Talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida Biloliddin Ismoilov “Shunqor 8” loyihasi bilan birinchi, Dilmurod Rustamov “Barlos” yer usti robotlashtirilgan kompleksi bilan ikkinchi, Asadbek Urunov “Body Tester” loyihasi bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Amaliyotchi muhandislar orasida esa Ikromjon Mo‘ydinjonovning “Argus-X” loyihasi g‘olib bo‘ldi.
Stajirovka tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi. Talabalar orasida birinchi o‘rin quyosh energiyasi yordamida havodan ichimlik suvi olish loyihasi muallifi Qudratbek Mahammadjonovga nasib etdi. Professor-o‘qituvchilar orasida esa suv toshqinlariga moyil hududlarni aniqlashga mo‘ljallangan Floodsense platformasi bilan Shahzod Abatov g‘olib bo‘ldi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, asosiy nominatsiyalarning to‘qqiz g‘olibiga elektromobillar topshiriladi. Yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarga xorijda stajirovka o‘tash imkoniyati ham beriladi.

Powered by Froala Editor