O‘zbekistonda oliygohlarda xalqaro standartlar va dual ta’lim kengaytiriladi
O'zbekiston
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. Shu bilan birga, dual ta’lim tizimi kengaytiriladi: 2027-yildan bu tizim 75 ta oliygohda, 2028-yildan esa barcha oliy ta’lim muassasalarida amal qiladi.
INHA va Arxitektura universitetlarida Britaniya standartlari asosidagi dasturlar allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Ular talabalarga o‘qishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini beradi. Kelasi yildan bunday yondashuv yana 20 ta oliygohda joriy etiladi. Prezident rektorlarga boshqaruv tizimini moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil etishni topshirdi. Maqsad — xorijiy standartlarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirish va xalqaro miqyosda tan olinadigan tayyorgarlikni ta’minlash.
Yangi qarorga ko‘ra, “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi joriy etiladi. Ish beruvchi o‘ziga zarur mutaxassisni tayyorlash uchun oliygohga buyurtma beradi, nomzod esa testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Ishga olingan talaba maoshining yarmini davlat qoplaydi.
Korxona tomonidan biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglari maoshiga teng qo‘shimcha haq to‘lanadi. Korxona oliygoh yoki talaba yashaydigan joydan uzoqda bo‘lsa, ijara xarajatlari qoplanadi. O‘qish va ishda yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.
Oliygohlarda dual ta’lim bo‘limlari ochiladi. Tizimni namunali tashkil qilgan uchta eng yaxshi oliygoh va hamkor korxona 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofot oladi. Oliygohga berilgan mukofotning yarmi pedagoglarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Bugun mamlakatda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Endilikda dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish ustuvor vazifa bo‘ladi. Xususiy oliygohlarga laboratoriya va jihozlar, brend uchun to‘lovning 50 foizigacha, kampus xarajatlarining 30 foizigacha kompensatsiya beriladi.
Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyotga ustuvor ahamiyat beriladi. Uchrashuv yakunida Prezident: «Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir», dedi.

Powered by Froala Editor