O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O'zbekiston

O‘zbekistonda 2027-yildan polietilen paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Plastik qadoqdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan ularni yig‘ish va utilizatsiya qilish uchun maxsus joylarni talab qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan joriy yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

2027-yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsentlarini belgilash nazarda rejalashtirilgan.

Hujjat loyihasi 2025-yilning sentyabrigacha ishlab chiqilishi va 2025-yilning noyabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatda bir martalik plastik paketlarga to‘liq yoki qisman taqiq joriy qilingan. 2010-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda plastikni bosqichma-bosqich yo‘q qilishga qaratilgan davlat dasturlari soni uch baravar oshgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing