O'zbekistonda qancha chet ellik talabalar bor?

O'zbekiston

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida asosan hindistonlik talabalar kelishadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil yanvar-aprel oylaridagi ma’lumotlarida keltirilgan.

O'zbekistonda qancha chet ellik talabalar bor?
2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;

Turkmaniston — 1 627 nafar;

Tojikiston — 758 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 317 nafar;

Janubiy Koreya — 249 nafar;

Xitoy — 242 nafar;

Pokiston — 237 nafar;

Afgʻoniston — 132 nafar;

AQSH — 118 nafar;

Qozogʻiston — 102 nafar;

Boshqa davlatlar — 535nafar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing