O‘zbekistonda SOCAR ishtirokida polipropilen ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tuziladi

O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida polipropilen ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etilishi kutilmoqda. Bu loyiha Xorazm texnoparkida amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekistonda SOCAR ishtirokida polipropilen ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tuziladi
Ushbu loyiha doirasida SOCAR Polymer bilan birgalikda yuqori zichlikdagi polietilen ishlab chiqarish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, metanoldan propilen va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari ham rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda kimyo sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar qatoriga “Navoiazot”, “Maxam-Chirchiq”, “Farmgonazot” kiradi. Ularning umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,5 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Ushbu qo‘shma loyiha orqali O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishi, kimyo sanoatidagi mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing