O‘zbekistonda test sinovlari boshlandi
O'zbekiston
Bugun, 14 iyul kuni butun mamlakat bo‘ylab 2025/2026 o‘quv yili uchun OTM va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Talabalik uchun kurashayotgan abituriyentlar soni 671 397 nafar bo‘lib, test sinovlari 10 kun - 23 iyulga qadar davom etadi.
Test sinovlari videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan 65 ta yopiq pavilonda ikki smenada tashkil etilgan. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchisi 15:00 da boshlanadi. Bir kunda 70 mingdan ortiq ishtirokchi har smenada 1169 guruhdan imtihon topshiradi.
Abituriyentlar ertalab soat 06:30 dan boshlab joylarga yetib kelib, tekshiruvdan o‘tadi va auditoriyalarga joylashadi. Testlar maxsus shtamplangan varaqlarda chop etiladi va imtihon oluvchilar oldida ochiladi.
Ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy sonidan 426 685 nafari (63,6%) - joriy yil bitiruvchilari.
Jins bo‘yicha: 361 019 nafar qizlar (53,8%) va 310 378 nafar yigitlar (46,2%).
Arizalar soni bo‘yicha yetakchilar:
Toshkent shahri - 115 989
Samarqand viloyati - 72 305
Farg‘ona viloyati - 66 383
Qashqadaryo viloyati - 62 484
Andijon viloyati - 56 025
Sinovlar shaffoflik va halollik maqsadida maksimal sig‘imli yopiq binolarda va qat’iy nazorat ostida o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor