O‘zbekistonda xalqaro investitsiyalarga qiziqish ortmoqda
Iqtisodiyot
24-sentabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Turkiy investitsiya jamg‘armasi (TIF) prezidenti Bag‘dat Amreev bilan uchrashdi. Uchrashuvda xalqaro investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini olqishladilar. Bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar natijasida xorijiy investorlar, xususan, TDT mamlakatlari vakillarining qiziqishi ortayotganini ko‘rsatmoqda.
Energetika, transport va infratuzilmani rivojlantirish kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida TIF bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida muhim loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor