O‘zbekistonda yoshlarga til o‘rganish uchun subsidiyalar beriladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Hukumatning 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qaroriga ko‘ra, «2+6» dasturi asosida o‘qish xarajatining bir qismi subsidiya bilan qoplanadi.

O‘zbekistonda yoshlarga til o‘rganish uchun subsidiyalar beriladi
Dasturga binoan, dastlabki 2 oy o‘quvchi o‘z hisobidan, keyingi 6 oy esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Subsidiyalar miqdori:

Toshkentda — BHMning 2 baravarigacha (824 ming so‘m);

viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so‘m);

tuman va shaharlarda — 1 baravarigacha (412 ming so‘m).

2025–2026-yillarda 20 minggacha yosh dasturdan foydalana oladi, 2031-yilgacha esa har yili shuncha miqdorda subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. Limit to‘lganda, to‘lovlar keyingi yilga ko‘chiriladi.

Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi raqamli tarzda nazorat qilinadigan o‘quv markazlariga beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing