O‘zbekistonda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega uylar quriladi

O'zbekiston

Navbatdagi yalpi majlisda aholi va tadbirkorlar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri Senat aʼzolari tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega uylar quriladi
Kelajakda noqulaylik tug'dirmaslik uchun bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.

Shuningdek, endi bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Ushbu qonun telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Muzokaralardan so‘ng qonun maʼqullandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing