O‘zbekistondagi 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil qilinadi

O'zbekiston

Davlat rahbari fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistondagi 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil qilinadi
O‘zbekistondagi 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Omborlardagi o‘g‘itlar qoldig‘ini kunlik monitoring qilib, yetishmagan qismini zudlik bilan yetkazish muhimligi qayd etildi.

Buning uchun fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, o‘g‘it tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing