O‘zbekistonga bech oy ichida qancha chet el fuqarolari davolanish uchun kelgani ochiqlandi
O'zbekiston
O‘zbekistonga 46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish uchun kelgan, deb yozmoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
Qarindoshlarni yo‘qlash — 2 237,4 ming nafar
Sayyohlik — 426,5 ming nafar
Xizmat yuzasidan — 68,4 ming nafar
Tijorat — 51,5 ming nafar
Davolanish — 46,2 ming nafar
O‘qish — 7,4 ming nafar
Avvalroq 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgani xabar berilgan edi.
Ta’kidlash joizki, yurtimizdagi sanatoriy va tibbiyot muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolangan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida xususiy klinikalarning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajati budjetdan qoplanishi, klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib berilishi va xorijga borib, targ‘ibot-diagnostika xizmatini ko‘rsatgan shifokorlarning transport va yashash xarajatlari to‘lab berilishi qayd etilgandi.

Powered by Froala Editor