O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
O'zbekiston
Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Ma’lum bo’lishicha, Oybek Eshonov 2008 yildan 2017 yilgacha O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Unga qadar esa Oybek Eshonov TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Dilshod Ahatov ham yangi lavozimga tayinlangan va O‘zbekistonning Shveysariyadagi Favqulodda va muxtor elchisi bo’lgan. Elchi joriy yilning 25 oktyabr kuni Shveysariya Prezidenti Viola Amerdga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan.

Powered by Froala Editor